1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 21

Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar


Pedagogika fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari.

O`qitishning texnik vositalari


Radio, televizor, kodoskop, magnitofon, kompyuter, multimediya.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

3. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.

4. I.Karimov ”Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”. Toshkent. 2008.

5. Pedagogika fani bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi.

6. Boshlang’ich sinflar darsliklaridan namunalar.

7. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Nizomi.

8. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish.

9. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”.

10. Umumiy o’rta ta’lim DTS.

11. Pedagogika fani bo’yicha izohli lug’at.

12. KUGda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha izohli lug’at.

13. Y.Rasulova, O.Nurmatova. Pedagogika. – T.: Voris, 2009.

14. Mavlonova, K.Xoliqberdiyev ., O.To`rayeva. Pedagogika.– T.: O`qituvchi, 2006.

15. A.Munavvarov . Pedagogika. – T.: O`qituvchi, 1996.

16. S.Rajabov tahriri ostida. Pedagogika. – T.: O`qituvchi, 1981.

17. A.Munavvarov. Pedagogika, Toshkent,” O`qituvchi”, 1996

18. N.Saydahmedov , S. Abdurahimov. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent, 2010

19. R. Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent, 2009

20. J. Hasanboyev, X. To’raqulov, M. Haydarov, O. Hasanboyeva. Pedagogika fanidan izohli lug’at. Toshkent, 2008


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari


1. htpp:// www. ziyo.net. uz

2. htpp:// www. kamolot. uz

3. htpp:// www. ref. uz

4. htpp:// www. edu. uz

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI


psixologiya

fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlisi bayonnomasi bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).


Kirish


Respublikamizda mustaqillikni mustahkamlash maqsadida juda ko`p ishlar olib borilmoqda. Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o`quv dasturlarini zamonaviy talablarga moslashtirib istiqbol va kelajagimizni ko`zlagan holda tuzib olishimiz va joriy etishimiz zarurligi ta`kidlab o`tilgan. Shunga muvofiq o`quvchilar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislikka oid yo`nalishlar bo`yicha chuqurlashtirilgan dasturlar asosida bilim oladilar.

Ta’limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga e’tibor berilar ekan, psixologiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, ya’ni shaxsiy fazilat, xislatlarini bilgan tarzda ta’lim faoliyatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko`rsata oluvchi shaxslarni tarkib toptirishdir.


Fаnni o`zlаshtirish bo`yichа o`quvchilаr bilimigа qo`yilаdigаn tаlаblаr


O`quv dаsturidа ko`zdа tutilgаn mаvzulаr bo`yichа egаllаngаn ko`nikmа vа mаlаkаlаr sifаtini аniqlаshdа o`quvchilаrning o`tilgаn mаvzuni o`zlаshtirish dаrаjаsigа аsоslаnilаdi.

Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:


shaxsning hissiy-irodaviy jarayonlari: his-tuyg`u, iroda haqida tushunchaga ega bo`lishlari;.

Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`liqligi,

uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma- ketligi


Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchi umumta`lim fanlaridan anatomiya, biologiya, fiziologiya, tarix, kasbiy ta`lim fanlaridan pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi va xususiy metodika fanlarini chuqur o`zlashtirishgan bo`lishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqorida keltirilgan fanlar oila psixologiyasi fani bilan birgalikda o`zlashtirilishi lozim.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning uchinchi bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlarini yo`lga qo`yishga va nazariya bilan amaliyotni bog‘liq holda olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aynan amaliyot orqali o`quvchi tanlagan kasbi borasida ijtimoiy tajriba orttirib, o`zining kasbiy “Men” konsepsiyasini rivojlantirishga zamin yaratadi. Milliy dasturni amalga oshirishning uchinchi bosqichida majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’limga, shuningdek, o`quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o`tishni to`liq amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan.


Interaktiv o‘qitish metodlari


Interaktiv so`zi inglizcha so`z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «akt» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interaktiv – ya’ni “o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Bunday o`zaro harakat turlariga o`quvchi va o`qituvchining maqsadli harakatini kiritish mumkin. Interaktiv o`qitishda o`qituvchi o`quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo`lib, o`quvchi bu faoliyatning subyekti sifatida namoyon bo`ladi. Bugungi kunda o`qitish tizimidagi eng samarali interaktiv o`qitish metodlari va texnologiyalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin bo‘ladi:

“Keys-stadi”, “SCORE”, “SWOT-tahlil”, “Sinkveyn”, “FSMU”, “Xulosalash (Rezyume)”, “Klaster”, “Labirint”, “Qora quti”, “Charxpalak”, “Blits-o‘yin”, “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Venn diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Akvarium”, “Insert”, “Fidbek”, “Pinbord”, “Juftliklarda ishlash”, “Beshinchisi ortiqcha” texnologiyalari va boshqa metodlar.

Interaktiv o`qitish metodlari va texnologiyalari har bir o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Xususan, psixologiya fanini o`qitishda ham yuqoridagi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish mumkin.

O`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatishda ta’limning mantiqiy va interfaol metodlaridan samarali foydalanilgan holda amaliy mashg‘ulot darslarni to`g‘ri tashkil etishga e’tibor berish hamda o`quvchilarning nazariy egallagan bilimlarni amaliy malaka va ko`nikmalarga aylantirish lozim.



Fanning maqsad va vazifalari.


O`quvchilarning mustaqil O`zbekistonimizning bilimdon, barkamol avlodini yetishtirish uchun ularning individual psixologik va yosh xususiyatlarini bilishlari, psixologik holatlarni tushunib, yuragiga yo`l topa bilmog`i kabi muhim pedagogik qobiliyatlarga ega bo`lishlarida psixologiya fanini egallashning ahamiyati muhimdir. Psixologiya fanining oldida turgan asosiy maqsad o`quvchilarni o`rta maxsus ta’limda hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o`qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari bilan, kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir.

Dasturning mazmuni

I. Psixologiya faniga kirish

1-mavzu. Psixologiya fani haqida


Yangi davr va psixologiya. Psixologiya faninig ta’rifi va psixika haqida tushuncha. Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar, psixik hodisalar va ularning mexanizmlari. Psixologiya fanining tarixi: taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi turli ta’limotlar.

Mustaqil ish:

Faylasuflarning psixika haqidagi ta’limotlarini o’rganib kelish.

2-mavzu. Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari,

tarmoqlari va metodlari


«Ta’lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da qo`yilgan vazifalarni amalga oshirishda psixologiya fanining vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va psixologik amaliyotdagi vazifalari. Amaliy psixologiyaning shaxs hayotidagi o`rni. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni, prinsiplari va psixologiyaning metodlari: kuzatish, suhbat, test, eksperement, modellashtirish, faoliyat mahsulini tahlil qilish, anketa, biografiya, sotsimetrik .

Amaliy mashg’ulot.

Amaliy psixologiyaning shaxs hayotidagi o`rnini o`rganish.

3-mavzu. Miya va psixika


Miya va uning psixik hayotda tutgan o`rni. Oliy nerv faoliyati va uning tuzilishi. Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va vazifalari. Miyaning reflektorlik faoliyati va katta yarim sharlaridagi nerv jarayonlari. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi hamda ularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi

Amaliy mashg`ulot.

Oliy nerv faoliyatining tuzilishini rasmda aks ettirish.

4-mavzu. Psixika va ongning rivojlanishi.


Psixikaning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi. Voqelikni aks ettirish shakllari: instinkt, ko’nikma va intellektual xatti-harakatlar.

Odam psixikasining ijtimoiy-tarixiy tabiati. Inson ongining tuzilishi va rivojlanishi. Odam ongining paydo bo`lishida mehnatning o`rni. Ongning yuzaga kelishi, rivojlanishi, tarixiyligi va turli faoliyatlarning o`zaro bog`liqligi.

Mustaqil ish.

Hayvonot olamidagi instinkt, ko`nikma va intellektual xatti-harakatlarni kuzatish va misol keltirish.

II.

Shaxs va faoliyat

1-mavzu.

Shaxs psixologiyasi


“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs. Individ, shaxs va individuallik. Shaxsning tuzilishi va faolligi. Shaxs va jamiyat birligi. Shaxsni rivojlantiruvchi manbalar: muhit, faollik, ta’lim-tarbiya va irsiyat. Shaxsning ehtiyojlari, maqsadi, qiziqishlari va dunyoqarashi. Shaxs ideallari, uning shakllanishi va ustanovkasi. Hozirgi zamon shaxsiga xos milliy axloqiy xususiyatlar

.

Mustaqil ish.

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasini amaliyotda qo`llash.

2-mavzu. Guruh va jamoalar


Shaxs va guruh. Guruhlar haqida tushuncha. Guruhlarning turlari. Guruhdagi psixologik muhit va uni o`rganish. Jamoa-guruhning eng yuksak shakli. Jamoatchilikni shakllantirishda mehnat va tarbiyaning roli.

Amaliy mashg`ulot.

O`quvchi shaxsi va uning jamoadagi o`rnini aniqlash.

3-mavzu. Faoliyatning psixologik tahlili


Shaxs va uning faolligi. Faoliyatning tuzilishi, maqsad va motivlari. Faoliyatning tarkibiy qismlari va ularning o`zaro bir-biriga ta’siri. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi: muvaffaqiyatga erishish va mag`lubiyatlardan qochish motivlari.

Faoliyatning asosiy turlari: o`yin, o`qish, mehnat faoliyatlari.

Mehnatning ijtimoiy mohiyati, maqsadi va vazifalari. Mehnat turlari. Jismoniy va aqliy mehnatning uzviyligi. Toliqish, charchash va ularni bartaraf etish yo’llari. Mehnatsevarlik xislatlarini tarkib toptirish va shakllantirish. Mehnat faoliyatida ijod va ilhomlanish. Ijod va ilhomlanishning uzviyligi, nerv fiziologik tabiati.

Ko`nikma va malakalar haqida tushuncha. Ularning turlari, tuzilishi va nerv-fiziologik asoslari. datlar va ularning turlari. Inson hayoti va faoliyatida odatlarning ahamiyati. Odatlar insonning ma’naviy qiyofasini shakllantirishi.

Amaliy mashg`ulot

. Faoliyat turlari bo’yicha albom tayyorlash.

III. Shaxsning psixik jarayonlari

1-mavzu. Sezgi


Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgining inson faoliyatidagi roli. Sezgi aks ettirish asosi sifatida. Sezgining nerv-fiziologik mexanizmlari va ularning talqini. Reseptor va analizator tavsifi. Sezgi turlari va ularning tavsifi. Sezgi xususiyatlari. Sezuvchanlik. Adaptatsiya. Sensibilizatsiya va sinezteziya. Sezgini o`rganish metodlari. Sezgining rivojlanishi va uning o`ziga xos xususiyatlari.

Amaliy mashg`ulot.

Sezgirlikning rivojlanishida mashqlarning roli. Teri sezgirligining tafovut chegaralarini aniqlash.

Mustaqil ish:

Sezgi analizatorlarning tuzilishi va vazifalarini o’rganib kelish.

2-mavzu. Idrok


Idrok haqida tushuncha. Idrokning ahamiyati va nerv-fiziologik asoslari. Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, strukturaliligi.

Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya. Idrok fenomenlari: gallyutsinatsiya, illyuziya, atraksiya xossalari. Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta’siri. Odamni odam tomonidan idrok qilishning o`ziga xos xususiyatlari. Idrok va ta’lim jarayoni. Kuzatish va kuzatuvchanlik haqida tushuncha. Ta’limda kuzatuvchanlikning ahamiyati. Idrokning rivojlanishi. Idrok va texnik vositalar.

Amaliy mashg`ulot.

Kuzatuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish.

3-mavzu. Xotira


Xotira to`g`risida umumiy tushuncha. Xotira va kelajak. Xotiraning inson hayotida ahamiyati. Xotiraning nerv fiziologik asoslari. Xotira turlari va xotira tiplari. Xotira jarayonlari: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish, tanish. Xotira jarayonlarining turlari. Xotira jarayonlarining o`zaro aloqadorligi.

Xotiraning individual tiplari, xotiraning sifatlari va buzilishi. Puxta esda olib qolish shartlari.

Amaliy mashg`ulot.

Kuzatilgan sinf o`quvchilari xotirasidagi individual tafovutlarni aniqlash va tipologik xarakteristika berish.

Mustaqil ish:

Xotira mashqi va xotira o’yinlarini tuzish.

4-mavzu. Tafakkur


Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkurning bevosita hissiy bilishdan farqi va voqelikni aks ettirishning murakkab shakli ekanligi. Tafakkurning nerv fiziologik asoslari.

Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish.

Tafakkur operatsiyalari: analiz va sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtish, tavsiflash, sistemalashtirish.

Tafakkur turlari: ko`rgazmali harakatli, ko`rgazmali obrazli, so`z-mantiq, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, yaqqol, mavhum, ijodiy kabilar.

Tafakkur sifatlari: mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi, kengligi, pishiqligi, sertashabbuskorligi, tezligi, mahsuldorligi, samaradorligi, ixchamligi.

Muammo tafakkurning vujudga kelish sharti ekanligi. Muammoli vaziyat va uni yechish. Tushunish, mulohaza yuritish, gipotezalar yaratish. Masala yechish.

Amaliy mashg`ulot.

Psixologik masalalarni yechish. Fikriy masalalarni yechishda tafakkurning rolini aniqlash.

5-mavzu. Nutq


Nutq faoliyati to`g`risida umumiy tushuncha: nutq ta’rifi. Nutq va til. Nutqning asosiy vazifalari. Nutqning fiziologik asoslari va mexanizmlari. Nutq turlari: og’zaki, yozma, monologik, dialogik, ichki va tashqi, imo-ishorali, aks-sadoli, yig`iq va yoyiq, affektiv kabilar.

Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi. Nutq sifatlari va nutq patologiyasi. Nutqni rivojlantirish. Shaxsning rivojlanishida nutqning tutgan o`rni.


6-mavzu. Xayol


Xayol voqelikni aks ettirishning eng murakkab psixik jarayoni. Xayolning ta’rifi va inson faoliyatida tutgan o`rni. Xayoliy obrazlar yaratilishining sabablari va unda inson ehtiyojlarining roli. Xayol turlari: ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi, ijodiy. Xayolning nerv fiziologik xususiyatlari.

Xayol jarayonlari: agglutinatsiya, giperbolizatsiya, tipizatsiya, sxematizatsiya. Xayol va uning shakllari: fantaziya, orzu.

Xayol sifatlari va xususiyatlari. Xayol va ijodiyot. Xayolning o`sishida mehnat va tasviriy san’at darslarining roli. Xayolni rivojlantirish shartlari.

7-mavzu. Diqqat


Diqqat haqida umumuy tushuncha va ta’rifi. Diqqat to`g`risida umumiy tasavvurlar. Diqqat va bilish jarayonlari. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari. Diqqat turlari: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so`nggi diqqat. Ularning mohiyati va tavsifi. Diqqatning xususiyatlari: ko`lami, barqarorligi, taqsimlanishi va ko’chuvchanligi. Parishonlik. Diqqat-e’tiborlilik shaxsning fazilatidir.Ta’lim faoliyatida diqqatning roli. Diqqatni tarbiyalash.

Amaliy mashg`ulot.

Diqqat xususiyatlarini aniqlovchi tajriba.

Mustaqil ish

: Diqqatni rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar tuzish.


IV. Shaxsning hissiy-irodaviy jarayonlari

1-mavzu. His-tuyg`ular


Hissiyot va emotsiyalarning psixologik tavsifi hamda ta’rifi. Emotsiya va hissiyotlarning nerv fiziologik asoslari. Emotsiyalarning namoyon bo`lish shakli: emotsional ton, kayfiyat, ehtiros, affekt, stress, shijoat va boshqalar. His-tuyg’ularning turlari: axloqiy, aqliy, estetik. Burch hissi, vatanparvarlik, insonparvarlik, vijdon, g`urur, iftixor, mas`uliyat kabi yuksak hislarning inson faoliyati va hayotidagi ahamiyati. Yuksak his-tuyg`ularni shakllantirish eng dolzarb muammo ekanligi. Milliy tuyg`ular va ularning millat o`zligini anglashdagi roli. His-tuyg`ularning komil inson tarbiyalashdagi ahamiyati.

Mustaqil ish.

Shaxs o`z hissiyotlarini boshqarish va salbiy kayfiyatlarning oldini olish metodikalarini o’rganish.

2-mavzu. Iroda


Iroda to`g`risida umumiy tushuncha. Irodaning inson hayotidagi ahamiyati. Irodaviy harakatlar: maqsad belgilash, kurashish, irodaviy harakatlarni tanlash, qarshilikni yengish, bajarishning qulay usullarini tanlash, ishni hal qilish, bajarish kabi.

Iroda va bilish faoliyati. Shaxsning irodaviy sifatlari: maqsadga intiluvchanlik, mustaqillik, qat’iylik, jiddiylik, mas`uliyatlilik, o`zini tuta bilish, mardlik, matonat, intizomlilik, tashabbuskorlik. O`z irodasini o`zi tarbiyalash mashqlari va treningi. Komil insonni shakllantirishda irodaning ahamiyati. Bilimlarni o`zlashtirish va kasbiy fazilatlarni egallashda irodaning roli.

Mustaqil ish.

O’z-o’zini tarbiyalovchi metodlarni aniqlash

V. Shaxsning psixik

xususiyatlari

1-mavzu. Qobiliyatlar


Layoqat nishonalari va qobiliyat. Qobiliyatlarning rivojlanib borishi.Qobiliyat va faoliyat. Qobiliyat ijtimoiy jamiyat mahsuli sifatida. Qobiliyatlarning nerv fiziologik asoslari. Qobiliyat turlari. Talant va daholik. Layoqat va uning vujudga kelishi. Iste’dod va iqtidorlilik.

Mustaqil ish.

Shaxsning qobiliyat va intellektini aniqlash diagnostikalarini o’tkazish

2-mavzu. Temperament


Temperament haqida umumiy tushuncha va temperamentning ta’rifi. Temperament haqida Gippokrat nazariyasi va turli ta’limotlar. Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari. Temperament tiplarining o’ziga xos xususiyatlari. Ta’lim jarayonida bolalarning temperament xususiyatlarini tarbiyalash va individual yondashuv.

Amaliy mashg`ulot.

Berilgan psixologik-pedagogik xarakteristikalarga ko`ra o`quvchilar temperament tipini aniqlash.

3-mavzu. Xarakter


Xarakter haqida tushuncha. Xarakter va shaxs. Xarakter shakllanishida oilaning roli. Xarakter qirralari va uni vujudga keltiruvchi omillar. Xarakterning nerv fiziologik asoslari. Xarakterda munosabatning ifodalanishi. Xarakter sifatlarini o’ziga xosligi. Xarakterning o`zgarishi va xarakter xislatlar. Ma’naviy ahloqiy xarakter fazilatlari va ularning shakllanishi. O’z xarakterini tarbiyalash.

Amaliy mashg`ulot.

O`quvchiga xarakteristika yozish.

Mustaqil ish:

Badiiy qahramon xarakterini tavsiflash va xarakter xislatlarini ajratish tahlili.

VI. Pedagogik psixologiya

(O`qituvchi psixologiyasi)

1-mavzu. Pedagogik faoliyat va o`qituvchining shaxsi


Jamiyatda pedagogning o`rni va roli masalasi. Pedagogning mehnat natijasi ertangi jamiyatimiz tuzilishidir. O`qituvchi o`quvchilar hayoti va faoliyatining tashkilotchisi. O`qituvchining yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlari. O`qituvchining vazifalari.

2-mavzu. Pedagogik faoliyatda bilish jarayonlarining ahamiyati va mazmuni.

Pedagogik qobiliyatlar va pedagogik qiziqishlar hamda ularni o`rganish. O`qituvchining qobiliyatiga xos bo`lgan sifatlar va ularni rivojlantiruvchi shartlar.

O`qituvchi shaxsi va diqqat. O`qituvchi diqqat xususiyatining rivojlanganligi ta’lim samaradorligining mahsuli. O`qituvchi faoliyatida ixtiyoriydan so`nggi diqqatning tutgan o`rni. O`qituvchi sezgirligi va kuzatuvchanligining mohiyati, mazmuni.

O`qituvchilik kasbida tasavvur va xotiraning ahamiyati. O`qituvchi xotirasining individual xususiyatlari. Pedagogik faoliyatni analiz qila bilish va umumlashtirishda o`qituvchining tafakkuri.

O`qituvchilik faoliyatida nutqning tutgan o`rni. Pedagog nutqining sifatlari. O`qituvchi nutqidagi kamchiliklar va uni bartaraf etish.

Mustaqil ish:

O’qituvchilar qobiliyatini kuzatish va jonli ish tajribalaridan misollar keltirish.

3-mavzu O`qituvchining hissiy-irodaviy xususiyatlari

O`qituvchining mehnatida izlanuvchanlik, yaratuvchanlik va ijodkorlik.


Pedagog faoliyatida hissiyot. Bolalarga va kasbga bo`lgan muhabbat. O`qituvchining hissiyoti o`quvchilar psixikasiga ta’sir etish vositasi ekanligi. O`qituvchining eng yuksak his- tuyg`ulari.O’qituvchiga xos bo’lgan kayfiyatni hosil qila olinishi.

O`qituvchining faoliyatida irodaning roli. O`qituvchining irodaviy harakatlari, maqsadlari va uni amalga oshirish yo`llari. O`qituvchi istaklari, intilish va ahdlari. O`qituvchining qarorga kelishi va uni ijro etishi. O`qituvchining irodaviy sifatlari. O`qituvchilik faoliyatida xayolning roli. O’qituvchining o’z ustida izlanishi, ilg’or ish tajribalaridan foydalanishi. O`qituvchining mehnatida ijodiy xayol.

O`qituvchining yaratuvchanligi va ijodkorligi. Ijodiy faoliyatda o`qituvchi shaxsining takomillashuvi.

Mustaqil ish:

Pedagogik masalalar tahlili

4-mavzu. O`qituvchining odobi


O`qituvchining o`zini tuta bilishi. O`qituvchining obro`yi maktab o`quvchilariga va pedagogik jamoaga ta’siri. O`qituvchining sha’ni, qadr-qimmati va axloqiy-ma’naviy fazilatlari. O`qituvchining kiyinish madaniyati. O`qituvchi obro`sining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri.

Amaliy mashg`ulot.

O`qituvchi odobi va obro`si mavzusida referat yozish.

VII. Yosh psixologiyasi

1-mavzu. Bola shaxsining rivojlanish muammosi




Dostları ilə paylaş:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.

III bo`lim. Tarbiya nazariyasi - O`zbekiston respublikasi

səhifə2/21
tarix20.05.2018
ölçüsü1.93 Mb.

III bo`lim. Tarbiya nazariyasi


12-mavzu. Tarbiya jarayonining mohiyati


Barkamol shaxsni tarbiyalash vazifalari. Tarbiya o`qituvchining o`quvchilarga, jamoa faoliyatiga va tarbiya tizimini vujudga keltirishga qaratilgan aniq maqsadga yo`naltirilgan ta`sir vositasidir. Tarbiya, o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash tushunchalarining o`zaro munosabati. Tarbiyaviy ishlar mazmuni.

Barkamol shaxs tarbiyasi prinsiplari. Tarbiya maqsadiga intilish va g`oyaviy yo`nalish; tarbiyaning hayot bilan bog`lanishi; mehnatda va faollikda tarbiyalash; shaxsni jamoada tarbiyalash; shaxsga nisbatan talab va hurmatning birligi; tarbiya imkoniyatlarining muntazamliligi, uzluksizligi, ketma-ketligi; tarbiyalanuvchilar tashabbuslarini o`stirish bilan pedagogik rahbarlikning o`zaro bog`liqligi. Tarbiyada o`quvchilarning yoshi va alohida xususiyatlarini hisobga olish. Tarbiyada pedagog obro`si.

Amaliy ish.

Tarbiya haqida allomalarning fikrlarini o`rganish.

13-mavzu. Tarbiya metodlari


Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya jarayonida tarbiya metodlarining tutgan o`rni va vazifalari. Metod, usul va tarbiya vositalari. Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan qo`llanib kelinayotgan tarbiya metodlari va ularning xususiyatlari. Tarbiya metodlarining tarbiya maqsadi, prinsiplari, mazmuni va tarbiya shart-sharoitlariga bog`liq ekanligi. Tarbiyada o`quvchilarning yoshi va alohida xususiyatlari, o`quvchilar rivojlanish darajasining hisobga olinishi.

Tarbiya metodlarini turkumlash muammosi va unga yondashish. Tarbiya metodlarini tanlash va qo`llash shart-sharoitlari.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar: hikoya, suhbat, tushuntirish, pand-nasihat qilish, buyruq, ibrat-namuna, bahs, munozara.

O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar: o`rgatish, mashq qilish, topshiriqlar berish, pedagogik talab, o`yin, musobaqa.

O`quvchilarni ijobiy xatti-harakatga undovchi metodlar: rag`batlantirish va uning turlari; jazolash va uning turlari, qo`llanilishiga nisbatan qo`yiladigan talablar.

Shaxsning o`z-o`zini tarbiyalash metodlari: shaxsiy majburiyatlar olish, o`z-o`ziga hisob berish, o`zi-o`zini nazorat qilish, o`z-o`zini baholash. Tarbiya metodlaridan foydalanishga qo`yiladigan talablar. Tarbiya metodlaridan foydalanishda o`qituvchining mahorati.


14-mavzu. O`quvchilar jamoasi va uning o`quvchiga ta`siri


Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini shakllantirish yo`llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik, uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada barobar ta`sir ko`rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o`qish, o`yin, sport, mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish.

Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning jamoa a`zolari bilan munosabati. Jamoada o`zaro axloqiy munosabatlarni shakllantirishda o`qituvchi, tarbiyachining tutgan o`rni.


15-mavzu. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish


Dunyoqarash haqida tushuncha. O`quvchilarda tabiat va jamiyat hodisalariga ilmiy qarash va ishonchni shakllantirish. Bu qarash va ishonchning o`quvchilar xatti-harakatlariga mos kelishi. O`quv fanlarini o`qitish va ijtimoiy foydali ishlarni uyushtirish orqali o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish ishlarining mazmuni, dunyoqarash shakllari va ularni tarkib toptirish metodlari.

16-mavzu. Ijtimoiy-siyosiy tarbiya va o`quvchilarning

ijtimoiy faolligini shakllantirish


Barkamol shaxs tarbiyasida ijtimoiy-siyosiy tarbiya tizimi. Ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish yo`llari. Siyosiy axborot. Siyosiy axborot berishda o`quv jarayonining o`rni. Sinfdan tashqari olib boriladigan siyosiy ta`lim shakllari va metodlari. Ijtimoiy–siyosiy faoliyat shaxsning ijtimoiy faolligini shakllantiruvchi asosiy vosita ekanligi. O`quvchilarni tashkilotchilik malakalari bilan qurollantirish. O`quvchilarda ijtimoiy-siyosiy faollikni o`stirish.

17-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ma`naviy-axloqiy tarbiyaning o`rni


Axloq haqida tushuncha. Barkamol shaxs tarbiyasida axloqiy tarbiyaning tutgan o`rni va mohiyati. Axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari. Axloqiy tushuncha: savob, gunoh, uvol. Axloq tarbiyasi, uning mazmuni, shakllari va metodlari. Axloq tarbiyasi mazmuni: vatanparvarlik, millatlararo hamkorlik, insonparvarlik, jamoatchilik, intizomlilik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirish.

Vatanparvarlik: vatanni sevish, uning boyliklari, qadriyatlari bilan faxrlanish tuyg`usini tarkib toptirish, unga munosib farzand bo`lish hissini tarbiyalash. Milliy g`urur, vatanparvarlik, birodarlik, qon-qarindoshlik udumlari.

Insonparvarlik tarbiyasi. Bolalarda shaxsga nisbatan ochiq ko`ngillilik, mehribonlik, g`amxo`rlik, diqqat-e`tiborlilik, yaxshi munosabat va muomalada bo`lish, o`rtoqlik va do`stlik kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalash.

Millatlararo hamkorlik: barcha millat kishilari bilan tinch – totuv yashash, boshqa xalqlarning urf – odatlari va an`analariga hurmat bilan qarashni shakllantirish.

Jamoatchilik: jamoani hurmat qilish, jamoa tarkibida o`z o`rniga ega bo`lish, jamoa bo`lib yashash va mehnat qilishga o`rgatish.

Ongli intizom va intizomlilikni tarbiyalash yo`llari va shart-sharoitlari: oilada va maktabda bola hayotini uyushtirish, tushuntirish, buyruq va talab. O`quvchilar yurish-turishlari, intizomlilik, madaniyatlilik. Ongli intizom tarbiyasida “O`quvchilar uchun qoidalar”ning tutgan o`rni va u bilan ishlash. O`quvchilarda ma`naviy dunyoqarashni shakllantirish. Ma`naviy tarbiyaning asosiy yo`nalishlari: o`quvchilarda o`zbek xalqining ma`naviy qadriyatlari asosi hisoblangan hadislar, hikmatlar, maqollar, rivoyat va hikoyatlardan tarbiyaviy ishlar jarayonida vosita sifatida foydalanish. Ma`naviy tarbiyada o`qituvchining tutgan o`rni.

Seminar.

Barkamol shaxsning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi

18-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida estetik tarbiyaning o`rni


Barkamol avlodni tarbiyalashda estetik tarbiyaning tutgan o`rni. O`quvchilarni tabiat va san`at go`zalligini his qilish va idrok qilishga o`rgatish. Estetik tarbiyaning vazifalari. Estetik tarbiyaning vositalari: tabiat go`zalligi va san`at turlari. O`zbekiston hukumatining kishilarni ma`naviy va estetik jihatdan tarbiyalash vositasi bo`lgan milliy yodgorliklarni, madaniy merosimizni saqlash va rivojlantirish haqidagi g`amxo`rligi.

Darsda va sinfdan tashqari ishlar orqali o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash. O`quvchilarning ijodiy qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish.

Amaliy ish.

“Muomala go`zalligi” mavzusida mashg`ulot reja – ishlanmasini tuzish.

9-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida mehnat tarbiyasining o`rni


Barkamol shaxs tarbiyasida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni. Mehnatning hayotiy zarurat ekanligi. Mehnat inson moddiy va ma`naviy hayotining asosi ekanligi. Mehnat va mehnatsevarlik haqida xalq pedagogikasi va buyuk allomalarning ta`limotlari. Mehnat tarbiyasining vazifalari. Bolalarni mehnatga psixologik va pedagogik jihatdan tarbiyalash, mehnatda faoliyat ko`rsatishga ijtimoiy qiziqishlarini shakllantirish. Kishilar mehnatiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash.

Maktabda mehnat tarbiyasi mazmuni, tizimi va asosiy tarmoqlari. Oilada bola mehnati va uni tashkil etishga qo`yiladigan talablar. Bolalar mehnatini tashkil etish metodlari. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish ishlari: kasbga oid axborot, yo`riqnomalar berish, kasb tanlashga o`rgatish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar orqali mehnat tarbiyasi berish.


20-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida jismoniy tarbiyaning o`rni


Barkamol shaxsni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning tutgan o`rni, vazifalari va ahamiyati. O`zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy tarbiya va sport ishlarining ommaviyligini oshirish haqidagi qaror va ko`rsatmalari. Jismoniy tarbiya berish omillari: yer, suv, havo, quyosh.

O`quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimi. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish: tayyorlov qismi, asosiy qismi va yakunlovchi qism. Bolalar jismoniy sog`ligini mustahkamlash, tanalarini chiniqtirish, jismoniy mashqlar va sport bilan shug`ullanish ehtiyojini oshirish hamda shakllantirish, sanitariya-gigiena madaniyatini tarbiyalash-o`quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy vositalari. Jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishlar: sport to`garaklari, bayramlar, musobaqalar, ko`riklar, sport ustalari va chempionlari bilan uchrashuvlar, sayohatlar.

Amaliy ish.

“Harakatli o`yin” ishlanmasini tuzish.

21-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ekologik tarbiyaning ahamiyati


Ekologik tarbiya haqida tushuncha. Tabiat va inson muammolari. Tabiatni muhofaza qilish ishlari. Bolalarni tabiatni muhofaza qilish va asrash ruhida tarbiyalash yo`llari va vositalari. Maktabda va oilada ekologik tarbiya berish. Sinfdan tashqari ishlar orqali ekologik tarbiya berish shakllari: suhbat, ertalik, bayramlar, “Yashil posbonlar” ishini tashkil etish, “Qizil kitob” haqida ma`lumot berish kabilar.

22-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati


Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni. Iqtisodiy munosabatlar. Oila budjeti. Tejamkorlik. Iqtisodiy tarbiya berishda ota-ona va o`qituvchining faoliyati.

23-mavzu

.

Shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar. Barkamol avlod markazlari


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar haqida tushuncha. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish shakllari: ijtimoiy-ommaviy guruhlar bo`yicha alohida ishlash, bayramlar, siyosiy axborot, kechalar, uchrashuvlar, suhbatlar, ertaliklar, bellashuvlar, musobaqalar, ekskursiyalar, to`garaklar, klublar va boshqalar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar orqali o`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish.”Barkamol avlod”markazlari ish faoliyatini o`rganish.

To`garaklar ishini tashkil qilish va unga qo`yiladigan talablar. To`garaklar uchun tuziladigan dastur va ish rejalari hamda ularning tuzilishiga qo`yiladigan talablar. To`garaklar turlari: ilmiy to`garaklar, maxsus to`garaklar, badiiy to`garaklar, jismoniy sog`lomlashtirish to`garaklari. Sinfdan tashqari kitobxonlik. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi” ning o`rni, ahamiyati.

Iqtidorli bolalar va iste`dodli yoshlarni aniqlash va ularning tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish hamda o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda pedagog xodimlarning o`rni va ularga qo`yiladigan talablar.

Amaliy ish.

“Mohir qo`llar” to`garagi ish rejasini tuzish va tahlil qilish. Maktabdan tashqari muassasaga ekskursiya.

24-mavzu. Oilada bola tarbiyasi. Bola tarbiyasida ta`lim muasasasi, oila va jamoatchilikning hamkorligi


Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda oilaning o`rni. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oila, nikoh, bola tarbiyasi haqida. Oilada bola tarbiyasi haqida xalq pedagogikasi va O`rta Osiyo mutafakkirlarining ta`limotlari. Oilaning o`ziga xos milliy asoslari. Oiladagi o`zaro munosabat: yuksak madaniyat, mehnatsevarlik, mehr-shafqat, hamkorlik, mehnat taqsimoti.

Oilada bola hayotini mohirona tashkil etish. Oilada bolaning aqliy va jismoniy mehnatini tashkil qilish. Oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Oilaviy an`analar ruhida tarbiyalash. Oilada jinsiy tarbiya. Oilada bolalarning bilishga qiziqishlarini o`stirish, bolalarning o`quv faoliyati uchun sharoit va imkoniyat yaratish.

Maktabning oila bilan hamkorlikda ishlash shakllari: o`quvchilar oilasiga borish, sinf va maktab ota-onalar majlisini o`tkazish, pedagogik ma`ruza va suhbatlar o`tkazish. Maktabda ota-onalar uyushmasi ish tartibi.

Maktab, oila va jamoatchilikning bola tarbiyasidagi hamkorligi.

Amaliy ish.

Ota-onalar yig`ilishi qarorini tuzish.

IV bo`lim. Ta`lim tizimini boshqarish

25-mavzu. O`zbekistonda ta`lim tizimini boshqarish


Ta`lim tizimini boshqarish qoidalari: boshqarishning maqsadga qaratilganligi, insonparvarligi va demokratlashtirilganligi. Ta`lim tizimini boshqarish tarmoqlari. Rahbarga ijtimoiy-pedagogik talablar. Rahbar mavqeyi. Maktabga ichki rahbarlik qilish. Maktab ma`muriyatining vazifalari. Maktabda o`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish. Maktab pedagogik kengashi va uning mazmuni. Pedagog xodimlar bilan ishlashning o`ziga xos xususiyatlari. O`qituvchilarning metodik birlashmalari va ularning faoliyati.

Amaliy ish.

Pedagogik kengash va metodik birlashma rejalarini o`rganib, tahlil qilish.

Pedagogika fani bo`yicha amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar


Pedagogika fani bo`yicha amaliy, seminar va laboratoriya ishlari har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy, seminar va laboratoriya ishlarini tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy, seminar va laboratoriya ishlarini tashkil etish o`quvchilar mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.

Pedagogika fani bo`yicha kurs ishlari namunaviy mavzulari


  1. Tarbiyachi–o`qituvchining pedagogik iste`dodi va mahorati, uni takomillashtirish yo`llari.

  2. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuniga asosan maktab ta`limining asosiy vazifalari.

  3. Ta`lim metodlarini turkumlash va tanlash.

  4. Hozirgi zamon darslari va ularga qo`yiladigan talablar.

  5. Barkamol shaxs shakllanishida axloqiy tarbiyaning tutgan o`rni.

  6. Barkamol shaxs shakllanishida ijtimoiy – siyosiy tarbiya tizimi.

  7. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari.

  8. Barkamol shaxs kamolotida milliy an`analardan foydalanishning ta`limiy – tarbiyaviy ahamiyati.

  9. A.Avloniyning hayoti va pedagogik faoliyati.

  10. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuniga asosan ta`lim tizimini boshqarish va maktabga rahbarlik qilish.

Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.

Namunaviy mavzular rejasi




Fanning bo`limlari va mavzular nomi



Umumiy yuklama soat



Umumiy o’quv



Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti

(Auditoriya yuklamasi)



Mustaqil ish



Jami



Nazariy



Amaliy



Laborato-riya ishi



Seminar



Kurs ishi (loyihasi)




I bo`lim. Pedagogikaning umumiy asoslari



1.

1-mavzu. Pedagoglik kasbining ijtimoiy mohiyati.

14

10

8

2




4

2.

2-mavzu. Pedagogika fani va uning metodlari.

11

8

6



2


3

3.

3-mavzu. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi.

11

8

6



2


3

4.

4-mavzu. Shaxsning o`sishi, shakllanishi va tarbiyasi.

10

8

6

2




3


II bo`lim. Didaktika. Ta`lim nazariyasi



5.

5-mavzu. Ta`lim nazariyasi maqsad va vazifalari.

3

2

2





1

6.

6-mavzu. Ta`lim jarayonining mohiyati.

8

6

6





2

7.

7-mavzu. Ta`lim jarayonining prinsiplari.

8

6

4

2




2

8.

8-mavzu. Ta`lim jarayonining mazmuni.

11

8

6

2




3

9.

9-mavzu. Ta`lim jarayonining metodlari.

14

10

8



2


4

10.

10-mavzu. Ta`limni tashkil etish shakllari.

28

20

12

6


2


8

11.

11-mavzu. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olish va baholash tizimi.

7

4

2



2


3


III bo`lim. Tarbiya nazariyasi



12.

12-mavzu. Tarbiya jarayonining mohiyati, prinsiplari.

8

6

4

2




2

13.

13-mavzu. Tarbiya metodlari.

14

10

8

2




4

14.

14-mavzu. O`quvchilar jamoasi va uning o`quvchi shaxsiga ta`siri.

6

4

4





2

15.

15-mavzu. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish.

3

2

2





1

16.

16-mavzu. Ijtimoiy-siyosiy tarbiya va o`quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirish.

5

4

2

2




1

17.

17-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ma`naviy-axloqiy tarbiyaning tutgan o`rni.

18

10

6

2


2


6

18.

18-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida estetik tarbiyaning tutgan o`rni.

7

5

4

1




2

19.

19-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni.

6

4

4





2

20.

20-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida jismoniy tarbiyaning ahamiyati.

5

3

2

1




2

21.

21-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida ekologik tarbiyaning ahamiyati.

3

2

2





1

22.

22-mavzu. Barkamol shaxs shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati.

3

2

2





1

23.

23-mavzu. Shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar. “Barkamol avlod” markazlari.

8

6

4

2




2

24.

24-mavzu.Oilada bola tarbiyasi. Bola tarbiyasida ta`lim muassasasi, oila va jamoatchilikning hamkorligi.

11

8

6

2




3


IV bo`lim. Ta`lim tizimini boshqarish



25.

25-mavzu. O`zbekistonda ta`lim tizimini boshqarish.

15

10

6

4




5

26.

Takrorlash.Yakuniy nazorat.

6

4


4




3


Jami:


241



170



122



36




12



6



71



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.02

2012 yil 15 avgust



Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan


Tuzuvchi:



O. Sodiqova





1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.









Taqrizchi

:

D. Abdullayeva





Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, p.f.n






S. Madaliyeva





1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.
?


iiimrhl---azrbaycan-2.html

iiinternational-10.html

iiinternational-104.html

iiinternational-109.html

iiinternational-113.html