1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 55

IJARA - Islom ensiklopediyasi

bet19/55
Sana09.02.2017
Hajmi5.13 Kb.

 


IJARA

 - biror narsani ma’lum muddatga ma’lum mablag‘ evaziga omonatga olish, 
yollash. Shariat huquqi bu tushunchada barcha ko‘rinishdagi I.ga olishni yoki biror 
xodimni yollashni nazarda tutadi. Yollash haqida tuzilgan shartnoma quyidagi holatlarda 
haqiqiy hisoblanadi: 1) I.ga olinayotgan narsa aniq ifodalangan va ikki tomonning 
roziliga ochiq-ravshan bayon etilgan bo‘lsa; 2) to‘lov mikdori va muddati aniq 
ko‘rsatilgan bo‘lsa; 3) I.ga olinayotgan narsa (yoki yollanayotgan mehnat) musulmon 
uchun ruhsat berilgan va foydali bo‘lsa. Bu shartlar oldi-sotdi amaliyotidagi asosiy 
talablarga mos keladi. I.ga olish oldi-sotdi sifatida qaralib, unda narsaning o‘zi emas, 
balki undan keladigan foyda nazarda tutiladi. I.ga olingan narsaga I.ga oluvchi ziyon 
yetkazsa, uning haqqini to‘lashga majbur. 
 
 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
119

IJIY

, Adudaddin Abdurahmon ibn Ahmad (taxm. 1281-1355) - so‘nggi kalom vakili, 
mutakallim. Ij sh.da tug‘ilgan. Fiqhda shofi’iy mazhabiga tayangan. Kalomni al-Baydoviy 
(1286 y. v. e.) izdoshlaridan o‘rgangan. Elxoniylardan Abu Sa’id (1316-36) saroyida qozi 
bo‘lgan. 1355 y. noma’lum sabablarga ko‘ra qamoqqa olinib, o‘sha yili vafot etgan. 
Mashhur mutakallim Sa’diddin at-Taftazoniy uning shogirdi bo‘lgan. I.ning "Mavoqif fi ilm 
al-kalom" asari ko‘p asrlar davomida kalom bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelgan va 
bir necha bor (jumladan, al-Jurjoniy tomonidan) sharh qilingan.  
 
 

IJMO’

 (ittifoq bo‘lish, azmu qaror qilish) - muhokama etiladigan masala yuzasidan 
mujtahidlarning bir fikrga kelishuvi; fiqh manbalaridan biri. Usul al fiqh ulamolari I.ni 
quyidagacha ta’riflaydilar: Muhammad (sav)ning ummatidan bo‘lgan barcha 
mujtahiddarning u kishining asridan keyingi davrlarda biror shar’iy ishga yaqtsillik bilan 
ittifoq qilishlari I.dir. I. faqat mujtahidlar tarafidan sodir bo‘ladi. I.da faqatgana fosiqlik 
va bid’atchilikdan xoli bo‘lgan mujtahidlar qatnashadi. I.ning kelib chiqishi 7-a.ning 2-
yarmida o‘tgan dastlabki mujtahidlar - "Madinaning yetti faqihi" -Said ibn al-Musayyib, 
Urva ibn az-Zubayr, Abu Bakr ibn Ubayd, al-Qosim ibn Muhammad, Ubaydulloh ibn 
Abdulloh, Sulaymon ibn Yasar va Xorij ibn Zayd faoliyatlari bilan boshiq. Ular munozarali 
masalalarni o‘rganish tartibini belgilab berishgan. Buning uchun har bir munozarali 
masala yuzasidan imkoni boricha to‘liq ma’lumot to‘plashgan, iloji boricha ko‘pchilik 
kishilardan so‘rab bilishgan. So‘ngra bu ma’lumotlar solishtirilib muhokama etilgan, eng 
ishonchli deb bilingani bo‘yicha yagona bir qarorga kelingan. Zamon, sharoitga qarab 
o‘zgarib turadigan hukmlar musulmon jamoasi ijtihod qilib yechish uchun qoldirilgan. 
Agar Qur’onda ham, sunnatda ham zikri kelmagan masala ko‘ndalang bo‘lib qolsa, bu 
masalaning yechilishi musulmonlarning ishboshilariga havola qilinadi. Ijtihod maqomiga 
yetgan ishboshilar mazkur masalani Qur’on va Sunnat qoidalari asosida hal etadilar. 
Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki oyatda: "...Payg‘ambarga va 
o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling", degan amr bor. Allohning amriga 
bo‘ysunish esa, vojibdir. Ammo, ishboshilarga bo‘ysunishda bir necha shartlar bor. 
Avvalo, oyatda "o‘zingizdan bo‘lgan" deyilyapti. Faqixdar bu oyatdagi "ishboshi"larni 
fiqhda ijtihod darajasiga yetgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq 
bo‘lib qaror qilishlari, ishboshilikdir, deganlar. Ahli Sunnaning barchalari, I. faqat 
mujtahidlarning ittifoqi ila bo‘ladi, kim bo‘lishidan qat’i nazar boshqalarning qilgan ittifoqi 
I. bo‘la olmaydi, deganlar. Ba’zi taraflar eng yaxshi I. to‘rt roshid xalifaning qilgan 
I.laridir deganlar. I. uchun suyanch bo‘lishi shart. Bu suyanch matnda kelgan dalil yoki 
qiyos bo‘ladi. Odatda o‘sha matn yoki qiyos maxfiy bo‘ladi. Mujtahidlar uni oshkor 
qilishga ijtihod qiladilar va uni hal qilishda itgifoq bo‘ladilar. I. yo‘li bilan sobit bo‘lgan 
hukm qagiy bo‘lsa, uni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Far’iy va mashhur bo‘lmagan 
masalalardagi I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘lmaydi. Hanafiylarning fikricha, qatiy 
ravishda sobit bo‘lgan har qanday I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Agar bir asrning 
ba’zi mujtahidlari bir masalada I. qilsalar va bu hakda boshqa mujtahidlarga xabar 
yetganda ular javob berish muddatida sukut saqlasalar, I.i sukutiy bo‘ladi. Bu ham 
hanafiylar nazdida qat’iy I. hisoblanadi. I. nasx bo‘lmaydi. Chunki, u Payg‘ambar 
(sav)ning vafotvdan keyin bo‘lgan narsadir. Payg‘ambar (sav)ning vafotlaridan keyin 
nasx bo‘lishi mumkin emas. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda fatvo berib 
bo‘lmaganidek, I.ga xilof ravishda ham fatvo berib bo‘lmaydi. Shuningdek, Qur’on va 
Sunnatda hukmi bor masalada qiyosni ishlatish mumkin bo‘lmaganidek, I.da hukmi bor 
bo‘lgan masalada ham qiyosni ishlatish mumkin emas. Oxirgi paytlarda mujtahidlar yo‘q 
bo‘lgani va ijtihod eshigi berkitilgani oqibatida I. ham to‘xtab qolgan. 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
120
 

IJOZA

 (arab. - ruhsat, guvoxlik) - tariqatga oid tushuncha. I.ning uch turi mavjud: 1) 
murid yoki darvishga shayx tomonidan topshiriladigan malaka irshodi. Irshod murid va 
darvishga o‘z shayxi nomidan amaliy ishlar bilan shug‘ullanish imkonini beradi; 2) 
Shayxning xalifasi (o‘rinbosari)ga tariqatga yangi a’zolarni qabul qilish vakolati 
berilganini tasdiqlovchi hujjat; 3) murid yoki darvish so’fiylik ta’limotini to‘liq o‘taganini 
tasdiqlovchi hujjat. 
 
 

IJTIHOD

 (arab. - g‘ayrat qilish, intilish) - faqih tomonidan shar’iy hukmni hosil qilish 
uchun barcha bilim va toqatini ishga solish. I. shar’iy hukmi kelmagan ishning maxsus 
qoidalarni ishga solib shar’iy hukmini aniklash uchun qilinadi. Payg‘ambar (sav) 
tirikligida u kishidan boshqa odam I. qilmagan. Bu mumkin ham emas edi. I. 7-a. oxirida 
vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan 
so‘zlari haqidagi xabarlarida ixtilof paydo bo‘lgan. Bundan tashqari musulmon 
jamoasidagi hayot tarzining o‘zgarib borayotganligi tufayli ko‘plab huquqiy muammolar 
tug‘ilgan. Shuning uchun I.ning asosiy maqsadi yangi yoxud o‘tmishdoshlar tomonidan 
hal etilmagan masalalarni topish, islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etish 
bo‘lgan. Keyingi davrlarda Qur’on va Sunnatga tegishli ilmlarning barchasini, ijmo’ga oid 
narsalarni, arab tiliga oid barcha ilmlarni, usul ul fiqh ilmini va shunga o‘xshash I. qilish 
uchun shart bo‘lgan ilmlarni ya’ni oyatlarning sabab nuzulini, hadislarning aytilish sababi 
va o‘rnini oliy darajada bilgan, taqvodorlik, adolatlilik va shunga o‘xshash oliy shaxsiy 
fazilatlarga sohib bo‘lgan kishilar (mujtahidlar) I. qilishga haqli bo‘lganlar. I., asosan, 
fiqhga oid masalalarga qo‘llangan. Aqida va falsafaga oid masalalarda I. qilish mumkin 
bo‘lmagan. O’rta asrlarda, aniqrog‘i 12-a.da ba’zi hokimlarning faqihlarni majbur qilib 
noto‘g‘ri hukm chiqarishga urinishlaridan, noahil odamlarning I.ga o‘zlarini urishlaridan 
ehtiyot qilib ulamolar, I. eshigi berkilganini e’lon qilganlar. Bu masalada xilof qilganlar 
ko‘pchilikning qarshiligiga duchor bo‘lganlar. Shu bilan birga goh-gohida I.ni da’vo 
qilganlar ham chiqib turgan. Bunday shaxslarga Ibn Taymiya va Ibn Qaym misol bo‘la 
oladi. Hanafiylardan Kamol ibn Humom haqida shunga o‘xshash gaplar bor. Ammo, I. 
eshigi berkitilganligi holati hozirgacha davom etib kelmoqda. Yaqin orada biror kishi I. 
qilgani tan olingani yo‘q. Ammo I. qilish zarurligi tobora ortib borayotgani haqidagi 
chaqiriqlar ziyoda bo‘lib bormoqda. Ba’zi zamondosh ulamo va ilmiy muassasalar shaxsiy 
I. emas, ulamolar jamoat bo‘lib I. qilishi tarafdori bo‘lmoqdalar. Shu maqsadda yangi 
paydo bo‘layotgan masalalarda I. qilish uchun Islom davlatlari uyushmasi, Islom olami 
robitasi va b. ba’zi bir mintaqa va davlatlarda Islom fiqhi akademiyalari tashkil qilingan 
va qilinmoqda.  
 

 


IYD

 (arab. - hayit, bayram) - islom an’anasidagi 2 diniy bayram. 1-si qurbon hayiti (iyd 
al-adha) - zul-hijja oyining 10-kuni. 2-si ro‘za hayiti (iyd al-fitr) - ramazon oyi 
tugagandan keyin shavvol oyining 1-kuni.  
 
 

ILYOS

 (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. I.(as) o‘z qavmi Ba’l 
nomli oltindan yasalgan butga sig‘inib zalolatga botgach, ularni hidoyat yo‘liga da’vat 
etish uchun payg‘ambar qilib yuboriladi. Ammo, ular da’vatni qabul qilmaydilar. "Bani 
Isroil"ni hidoyat yo‘liga sola olmay umiddari uzilgan I. (as) parvardigordan o‘z jonini 
olib, mashaqqatdan xalos etishni so‘raydi. Alloh unga qavmini isloh qilish vazifasi 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
121
yuklatilgani, binobarii jonini olmay, o‘rniga so‘ragan narsasini muhayyo etishni va’da 
qiladi. Qurg‘oqchilik boshlanib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar 
ham nobud bo‘lib, daraxtlar quriydi. Shundan so‘ng qavmning iltijosi bilan I. (as) Allohga 
yolvorib duo qilgach, ko‘kda bulut paydo bo‘lib yomg‘ir yog‘adi. Xiyonatkor qavm esa, 
yana ahdini buzib zalolat yo‘liga kiradi... Rivoyatda I. (as) pirovardida samoga ko‘tarilib 
ketgani aytiladi. Injildagi Iliya to‘g‘risidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor. ILM 
(ko‘pligi ulum) - bilim. Islom dini asoschisi Muhammad payg‘ambar (sav) turli 
munosabatlar yuzasidan doimo Alloh ilmi va insoniy ilm haqida uqtirib kelganlar. Qur’oni 
karimda 750 ga yaqin joyda I. so‘zi va u bilan bog‘liq fe’l o‘zaklari uchraydi. Alloh ilmi 
abadiy va keng qamrovliligi Allohning naqadar qudratli ekanligi belgilaridan biri bo‘lib 
xizmat qiladi, inson ilmi ikki xil: oddiy, dunyoviy va diniy, e’tiqodiga mos bo‘ladi. Islomni 
islomgacha va undan tashqari bo‘lgan narsalarga, imonni - imonsizlikka va bilimni - 
johillikka qarama-qarshi qo‘yish muhim bo‘lgan. I.ga avval boshdanoq o‘ta e’tibor bilan 
qarash natijasi shunga olib keldiki, bilimning mohiyatiga ilohiyot, huquqshunoslik, 
falsafiy, ijtimoiy-axloqiy kabi musulmon ta’limotlarida juda katta o‘rin ajratildi. Bilimga 
intilish har bir mo‘min musulmon va musulmon ayolning burchi va vazifasi ekani farz 
qilingan.  
 

 


ILM al-HADIS

, hadis, ilmi hadisshunoslik - hadislarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilm 
sohasi. Soxta hadislar sonini ilk islom davridayoq oshib ketgani musulmon ulamolari 
orasida ularga nisbatan tanqidiy yondashish lozim ekanini ko‘rsatdi. Muhaddislar 
muomaladagi soxta hadislarni asldan ajratish uchun ularni sinchiklab o‘rganish 
zaruriyatini anglab yetganlar. Musulmon tankidchiligining asosiy e’tibori hadisning 
mazmuni (matn)ga emas, balki roviylar zanjiri (isnod)ga qaratilgan, isnodning sifatli 
bo‘lishi yetkazilgan ma’lumotning to‘g‘riligiga kafolat hisoblangan, Muhaddislar uchun 
roviylar (ar-rijal) zanjiri (silsila)ni uzluksizligini belgilash muhim bo‘lgan. Roviylarning 
ismi, yashagan yshshari, tarjimai hollarini bilishga harakat qilganlar. Ularning imoni 
sofligi va axloqiy xususiyatlari alohida muhim ahamiyat kasb etgan. Roviylar haqida 
batafsil ma’lumot to‘plash va ularni tanqidiy o‘rganish I. al-H.da alohida yo‘nalish - 
ma’rifat ar-rijol ("roviylar haqida bilim")ni vujudga keltirgan. Bu bilimni har bir bilimdon 
muhaddis egallamog‘i lozim hisoblangan. Roviylarni aniqlash maxsus lug‘at yoki 
isnodlarda nomi zikr etilgan shaxslarning tarjimai hollari bitilgan tabaqot ko‘rinishidagi 
ma’lumotnomalarning yaratilishiga olib kelgan. Bu turdagi asarlarning bizgacha yetib 
kelgani Ibn Sa’d (845 y. v.e.)ning "Kitob tabaqot al-kabir" asaridir. Shu bilan bir qatorda 
"zaif" hadis roviylari haqida ham ma’lumotnomalar yozilgan, mas., "an-Nasoiy" (915 y. 
v.e.)ning "Kitob ad-du’afa" asari. Hadislar tanqidi juda puxta bo‘lgan, shu munosabat 
bilan maxsus istiloxlar paydo bo‘lgan. Hadislar bir xil qiymatga ega bo‘lmasdan, "sahih" 
(ishonchli), "hasan" (yaxshi) va "zaif" (kuchsiz) kabi turlarga bo‘lingan. "Sahih" hadis 
deb to‘liq, hech qanday uzilishsiz roviylari bo‘lgan, roviylarining imoni va fazilatlari hech 
qanday e’tirozga sabab bo‘lmaydigan hadislarga aytiladi. "Hasan" hadis deb, roviylari 
zanjirida uzilish bor bo‘lgan hadislarga aytiladi. Bunday hadislar garchi "sahih"lardan 
pastroq darajada tursa-da, har holda ilohiyot - huquqiy masalalarni yechishda qabul 
etilib, ulardan foydalanilgan. "Zaif" hadis deb hadisning mazmuni shubha tug‘dirsa yoki 
roviylardan biri ishonchga noloyiq deb topilsa, shunday deb atalgan. Bunday hadislar 
faqatgina ulardan turli xildagi o‘git-nasihat yoki yaxshi odob-axloqqa oid misollar 
keltirilgan holdagana qabul qilingan. 
Hadislar tanqidiga 9-a.ning yirik allomalari, musulmon olamida eng ishonchli deb 
hisoblangan olti sahih hadis to‘plamlarining mualliflari: Buxoriy (870 y. v.e.), Muslim 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
122
(875 y. v.e.), Ibn Moja (886 y. v.e.), Abu Dovud as-Sijistoniy (888 y. v.e.), Termiziy 
(892 y. v.e.) va Nasoiy (915 y. v.e.)lar katta hissa qo‘shdilar. 
 
 

ILOHIYOT

 (arab. - xudo to‘g‘risidagi ta’limot) - xudo, uning sifatlari, belgilari va 
xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limot. Muayyan diniy akdda va ular haqidaga ilohiy 
ko‘rsatmalarni o‘rgatadi. I. muqaddas kitoblar, rivoyatlar kelib chiqishining ilohiy 
ekanini, shuningdek ibodatni bajarish bilan bog‘liq bir qator amaliy bilimlar yig‘indisini 
o‘z ichiga oladi. I.ning barcha tizimlari dunyoni yaratgan va uni inson bilolmaydigan 
qonunlar orqali boshqaradigan xudoni tan olishga asoslanadi. Islom dinida I. shakllanish 
davrida xilma-xil I. oqimlari (jabariylar, qadariylar, mutaziylar, murji’iylar va b.) vujudga 
kelgan. Islomda I. ilk shakllanishi davridan boshlab kalom deb atalgan. I. diniy o‘quv 
yurtlarida o‘qitiladi. 
 

 


ILOHIY KITOBLAR

 - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy 
ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa, 
kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as)ga, 50 
sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan. 
Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muhammad (sav)ga 
Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo‘la bir daf’ada 
nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on hazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, 
sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga ko‘ra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy 
ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir payg‘ambarga uning ummatlariga munosib 
hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular o‘z davrida ummatlar 
uchun hidoyat manbai bo‘lgan. Islom ta’limoti bo‘yicha, Qur’oni karim Allohning 
qiyomatgacha hukmi o‘zgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan oxirgi 
kitobidir. 
 

 


ILTIJO

 - ruhoniy yoki dindorning Xudodan, g‘ayritabiiy kuchlardan madad tilab hamda 
yovuz kuchlarni qaytarishni so‘rab, murojaat qilishi. I. dinga sig’inishning zaruriy qismi, 
ibodat qilish va diniy marosimlarning ajralmas xususiyatidir. Diniy tasavvurlarga ko‘ra, I. 
orqali g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir qilish mumkin. Har bir dinda I.ning o‘ziga xos shakli 
vujudga kelgan. Mas., islomda duo qilinganda qo‘lini ochib, yuziga surtish (omin qilish). 
 
 

ILHOD

 ("bosh tortish", "rad etish") -munozara adabiyotida keng ishlatiladigan ilohiyot 
atamasi. Qur’oni karimda (7:180/179; 22:26; 41:40) va hadislarda "buzg‘unchilik", 
"qaytishlik", "man etilgan narsani buzish" ma’nosida qo‘llaniladi. Qur’on tafsirchilari I.ga 
Allohning go‘zal ismlari muqaddasligini buzish, uning sifatlarini noto‘g‘ri talqin qilish va 
b.ni kiritganlar. Ilk islom davrida I. zandaqa (q. Zindiq,) atamasining sinonimi bo‘lgan, 
9-a.da har qanday "yangilik" (bid’at) yoki sunniylik ta’limotiga oddiy ravishda 
qo‘shilmaslik sunniy ilohiyotchilar tomonidan I. deb baholangan; I.da ayblanganlarni 
malahida yoki mulhidun (birligi - mulhid) deb atashgan. Mulhid "g‘orat etuvchi", 
"xudosiz" degan haqoratomuz ma’noga ega bo‘lgan. Ka’badan "qora tosh"ni o‘g‘irlagan 
bahreynlik qaramatiylar I.da ayblanganlar. Muqaddas yerda man etilgan narsalarni 
buzgan (mulhidun) uch kishini Alloh huzurida eng manfur kimsalar ekani haqidagi 
hadisga binoan, sunniy ilohiyotchilari islomdagi mana shu "yovuz murtaddar" 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
123
(mulhidun)ni aniqlashga harakat qilishgan. Ko‘pincha bunday "izzat-ikrom"ga ilohiyot 
sohasida o‘zining tez-tez o‘zgarib turadigan qarashlari bilan mashhur bo‘lgan Ibn ar-
Ravondiy (taxm. 10-a. boshida v.e.), "Payg‘ambarlarning yolg‘onlari" asarini yozgan 
mashhur tabib Abu Bakr ar-Roziy (912 y. v.e.) va mashhur adib Abu-l-A’lo al-Ma’arriy 
(973-1057)lar "sazovor" bo‘lganlar.  
 
 

ILHOM

 - ko‘ngilga solish; tasavvufda solik qalbida Alloh tomonidan paydo etilgan fikr. 
Shariat ulamolari fikricha, I. qat’iy ma’lumot manbai bo‘la olmaydi. Tasavvuf ahdi, 
aksincha, I.ni ilohiy fayz deb qabul qilib hamda unga asoslanib, so‘z va ish yuritadi. I. 
tor ma’noda "vahiy"ning sinonimidir. I. o‘z mohiyatiga binoan "aqliy ilm"dan ham 
farklanadi, chunki I. fikr-mulohaza yuritish va xulosa chiqarish yo‘li bilan vujudga 
kelmaydi. Tasavvufga ko‘ra, I. mo‘min dilini yorituvchi ilohiy nurdir, Qur’onning botiniy 
ma’nosini ham I. orqali anglab yetish mumkin.  
 
 

IMOM

 (arab. - oldinda turuvchi) - namozda oldinda turuvchi, g‘oyaviy rahbar, 
musulmon jamoasi boshlig‘i. Kundalik hayotda masjidda jamoa namozining rahbarini I. 
deb ataydilar. I. vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo I. mansab ham, 
kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turgani uchungana I. deb 
e’tirof qilinadi. Mahalla va qishloq masjidlarida odatda diniy ma’lumoti bor odam I. 
hisoblanadi. Jome masjidlarining I.i maxsus diniy ma’lumotga ega va dindorlar o‘rtasida 
obro‘ qozongan bo‘lishi kerak. Namozda kimlar imom bo‘lishga haqliroq ekani fiqh 
kitoblarida bayon qilingan. Islom dini paydo bo‘lgan dastlabki yillarda I.vazifasini 
Muhammad (sav), u zotning vafotlaridan so‘ng esa, xalifalar bajargan. Muhammad (sav) 
va dastlabki xalifalar namozda oldinda turuvchilargina emas, shu bilan bir vaqtda qavm 
boshliqlari ham edilar, binobarin I. -xalifa amalda oliy diniy va siyosiy rahbar 
hisoblangan. Nazariy jihatdan yagona musulmon jamoasida I.ni oliy diniy va dunyoviy 
hokim sifatida tasavvur qilish ana shundan boshlangan. Aynan kimni qonuniy I. deb 
hisoblash kerak va uning hokimiyatining mohiyati qanday, degan masaladagi bahslar 
musulmonlarning sunniylar va shialarga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Sunniylarning oliy 
hokimiyat nazariyasiga ko‘ra, xalifa barcha musulmonlarning I.i hisoblanadi. Xalifa -
I.ning asosiy vazifasi - dinni saqlash va dunyoviy ishlarni boshqarish. I. diniy qonun-
qoidalar qavm hayotiga to‘g‘ri joriy qilinayotganini kuzatib borishi kerak. Sunniylar, 
shuningdek, xorijiylar I.ni qavmning vakili hisoblaydilar, u nazariy jihatdan butun qavm 
tomonidan, amadda esa, uning vakillari tomonidan saylanadi yoki o‘tmishdoshi 
tomonidan tayinlanadi. Shialar nazariyasiga ko‘ra, Ilarning oliy hokimiyati xudo 
tomonidan belgilab qo‘yilgan, shu sababli u odamlarning xohishiga bog‘liq bo‘lishi 
mumkin emas, ya’ni I. saylanishi mumkin emas (I.ning saylab qo‘yilishiga faqat 
zaydiylar qarshi emasdilar). Avval boshdan I.ning saylanish qoidasini rad etgan shialar 
musulmonlar qavmi va davlatining oliy hokimiyati Ali avlodlariga meros hisoblanadi, 
chunki ularning huquqi ilohiy ko‘rsatma bilan belgilab qo‘yilgan, deb e’lon qildilar. 
Shialarning diniy ta’limotiga ko‘ra, I. 3 vazifani bajaradi: 1) qonuniy I. - islom qavmi 
boshlig‘i, odamlarning ishlarini amalga oshirishda Payg‘ambarning vorisi; 2) u - diniy 
bilim va huquqlar tafsirchisi, Qur’on va hadislarning eng to‘g‘ri mufassiri; 3) u - 
odamlarga hamma narsaning botiniy ma’nolarini anglatadigan oliy diniy rahbar. I. 
hokimiyati, shu tarzda, odamlarning dunyoviy va ruhiy hayotidan tashqari ko‘zga 
ko‘rinmas dunyo - "g‘ayb olami"ga ham tegishlidir. Oliy hokimiyatning ilohiy tabiatidan 
kelib chiqib, shialar avval boshdan o‘z Ilarini Allohning yerdaga haqiqiy va to‘la huquqli 

Islom Ensiklopediyasi 
 
 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 
124
vakillari deb hisoblab kelganlar. Shialarning I.i - Allohning noibi, u orqali Allohga 
yaqinlashish mumkin, I.lar payg‘ambarlarga xos bilimlar merosxo‘ri. Biroq Ali avlodlari 
tabiiy ravishda bo‘linib, tarqalib keta borgan sari oliy hokimiyatga da’vogarlik qilishi 
mumkin bo‘lganlar soni ko‘paya bordi. Ali avlodlarining turli shajarasi vakillarini I. 
sifatida tan olgan shialik har xil oqim va jamoalarga bo‘linib ketdi. Zaydiylar, ismoiliylar, 
imomiylar, "keskin" shialar oliy hokimiyatni berish qoidasi, I.ning huquq va burchlari, 
I.larning hukmron sulola bilan hamkorlik qilishi mumkinligi, ularning "adolatsiz" 
hukmdorlarga munosabati va h.k. masalalarni turlicha talqin qildilar. Ko‘pchilik uchun 
hoz. vaqtda Ali avlodlari bo‘lgan haqiqiy I. yo‘q. Shialarning diniy rahnamolari - "din 
odamlari" (rijal ad-din) uning to‘la huquqli vakillaridir. I. atamasi shialik va sunniylikda, 
shuningdek, yirik diniy rahnamolar, katta qavmlarning rahbarlari, diniy mazhab va 
maktablar asoschilari (Abu Hanifa, al-Ash’ariy, Humayniy va h.k)ga hurmat yuzasidan 
ham qo‘llaniladi.  
 

 


IMOM BUXORIY

 - q. Buxoriy.  
 

 


IMOM al-BUXORIY YODGORLIK MAJMUI

 - Samarqand yaqinidaga me’moriy 
yodgorlik, qadamjo. Chelak tumanining Xartang qishlog‘ida joylashgan. O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 29 apr.dagi "Imom al-Buxoriy 
tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligani nishonlash to‘g‘risida"gi 
qaroriga muvofiq Prezident Islom Karimov loyihasi asosida allomaning maqbarasi o‘rnida 
barpo etildi. Majmua 1998 y.da ochilgan. Yodgorlik majmui avvalo ziyoratgoh, qadamjo, 
so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Umumiy mayd. 
10 ga ni tashkil etadi. Majmuada maqbara, ma’muriy bino, masjid, kutubxona, ilmiy 
xodimlar xonasi va b. yordamchi xonalar mavjud. Masjid va peshayvonida 1500 gacha 
kishi namoz o‘qishi mumkin. Masjid ichidagi mehrobning o‘ng tomoniga O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul 
Aziz tuhfa qilgan kisva -Ka’bapo‘sh parchasi osib qo‘yilgan. Kutubxonada Qur’onning 
noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom Buxoriy asarlaridan namunalar va b. kitoblar 
bor. Majmua to‘rida, maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan 
o‘quv markazi -"Dorul hadis" binosi joylashgan. Bu yodgorlik majmui keyingi asrlarda 
bunyod etilgan ulkan va noyob inshootdir. U yosh avlodni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, 
har bir insonni hayot va abadiyat haqida o‘ylantiradigan aziz maskanga aylandi. 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


informaciya-o-sovete.html

informaciya-o-specialnih-12.html

informaciya-o-specialnih-17.html

informaciya-o-specialnih-6.html

informaciya-o-srokah-.html